Kadastr filiallaridagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini yuritish maqsadida 2024-yil – Davlat kadastrlari palatasida «Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili» deb e’lon qilingan.

Ayni vaqtda hududlarda Ishchi guruhlar tashkil etilib, ular tomonidan kadastr yig‘ma jildlarining mavjudlik va holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  

Toshkent shahri idoraviy arxiv saqlovidagi kadastrga oid ma’lumotlar xususida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi Nodira Jo‘rayeva quyidagilarni gapirib berdi.  

– Bugungi kunda DKP Toshkent shahar boshqarmasining Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod va Chilonzor tuman filialidagi idoraviy arxivida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish bo‘yicha reja-grafigi tasdiqlandi.  

Unga asosan Toshkent shahri idoraviy arxiv saqlovida jami 803 104 ta kadastr yig‘ma jild hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 742 348 ta turar joy obyektlari, 60 756 ta noturar joy obyektlarini tashkil etadi.  

Filiallardagi ma’muriy boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlari tashkil etildi. Barcha tuman filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlarini sifatli olib borishi uchun ishchi guruhlarga zarur sharoitlar yaratib berilgan.  

Bugungi kunda ishchi guruhlari tomonidan boshqarmaning tuman filiallari arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlarining mavjudlik holatini o‘rganish va raqamlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Mazkur jarayonda har bir kadastr yig‘ma jildlarini raqamlash, muhrlash va skaner qilingan hujjatlarni yuklash ishlari olib borilmoqda.  

2024-2025-yillar davomida Toshkent shahridagi 800 mingdan ziyod ko‘chmas mulk hujjatlarini raqamlashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 31 350 dan ortiq arxiv hujjatlari raqamlashtirildi, – dedi Nodira Jo‘rayeva.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv hujjatlari raqamlashtirilmoqda