Artel kompaniyasi o‘z mahsulotlari bilan poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da ish boshlagan “Isitish, ventilyatsiya, havoni tozalash, suv ta’minoti, sanitar-texnik vositalari, suv havzalari, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va muqobil energiya manbalari — “Aquatherm Tashkent-2023” 11-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Ayni damda ko‘rgazmada 10 dan ortiq davlatdan 151 ta kompaniya o‘z texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari hamda yechimlarini namoyish etmoqda. Jumladan, Artel kompaniyasida “Royal”, “Shivaki”, “Viessmann” brendlari ostida ishlab chiqarilayotgan hamda ko‘rgazmada taqdim etilayotgan suv isitgichlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.



Kompaniya mahsulotlari bilan yaqindan tanishib, bevosita mutaxassislar maslahatlarini olmoqchi bo‘lganlar uchun eslatma: “Aquatherm Tashkent-2023” xalqaro ko‘rgazmasi 6 oktyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zA