«Arsenal» Xulian Alvares uchun kurashda «Barselona» bilan raqobat qilmoqda
Biroq Alvares yana bir bor «Barselona» variantini afzal ko‘rishini bildirgan.
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni transfer qilishga qiziqishda davom etmoqda.
Transfer News Live ESPN Argentina nashriga tayanib xabar berishicha, «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta bir necha kun oldin argentinalik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, uni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga uringan.
Biroq Alvares yana bir bor «Barselona» variantini afzal ko‘rishini bildirgan.
Kataloniyaliklar anchadan beri Alvares transferining asosiy favoriti hisoblanadi. Ammo «Atletiko» futbolchi bo‘yicha muzokara olib borishni istamayapti. «Barselona»ning 100 million yevrolik taklifi ham hozircha javobsiz qolmoqda.
Bu holat 26 yoshli Alvaresning o‘zi «Barselona»ga, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoaga o‘tishni istayotgani haqidagi xabarlarga qaramay davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Arsenal» Angliya Superkubogini qo‘lga kiritib, «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.