«Arsenal» qişda qanot hujumçisi izlamoqda. “Kanonirlarga” tört futbolchidan biri kerak
Klubning asosiy maqsadi — «Bornmut»ning 20 yoşli fransiyalik futbolçisi Eli Krupi.
Londonning «Arsenal» klubi qişki transfer oynasida hujum qanotini kuçaytirmoqçi. The Independent xabariga köra, klubning asosiy maqsadi — «Bornmut»ning 20 yoşli fransiyalik futbolçisi Eli Krupi. Biroq «Bornmut» futbolçini kelasi yozgaça sotişga rozi bölişi ehtimoli past.
Londonliklar Madridning «Atletiko» klubidan Aleks Baena, «Real»dan Endrik va «RB Leypsig»dan Antonio Nusa nomzodlarini ham körib çiqmoqda.
«Arsenal»ning qişki xaridlari futbolçilar savdosiga boğliq bölişi mumkin. Jamoani tark etişi mumkin bölgan futbolçilardan biri — Martin Subimendi. Yarim himoyaçiga «Real», «Atletiko» va «Çelsi» qiziqiş bildirmoqda.