«Arsenal» Kenan Yildiz transferiga qiziqmoqda
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kenan Yildizning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
Londonning «Arsenal» klubi «Yuventus» hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildizga qiziqishini saqlab qolmoqda. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta turkiyalik futbolchini jamoasida ko‘rishni juda istamoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» transfer masalasida jiddiy qarorga kelgan va yaqin vaqt ichida «Yuventus» bilan bog‘lanib, futbolchining transferini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kenan Yildizning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Yuventus» safida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 10 ta golli uzatma qayd etgan.