Rossiya Prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni bir tomonlama uch kunlik tinish e’lon qildi. Bu tashabbusga Kiyev rasmiylari shubha bilan qaradi va taklifni rad etdi. Ular Kreml rahbaridan uzoqroq davom etadigan sulh muddatini talab qilishdi.

SNN yozishicha, Moskva “har qanday harbiy harakat” 8-11 may oralig‘ida to‘xtatilishini aytgan va ayni qaror “insonparvarlik nuqtai nazari” bilan asoslangan.

Davlat kotibi Marko Rubio bu hafta AQSHning tinchlik yo‘lidagi vositachilik harakati davomiyligini belgilashda “juda muhim” davrligini aytdi.

– Vladimir Putinning mojaroni to‘xtatish istagini olqishlagan bo‘lsa-da, Donald Trampning asosiy niyati o‘t ochishni butunlay to‘xtatish va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish, – dedi Qo‘shma Shtatlar Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Brayan Xyuz.

Prezident Vladimir Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatish deklaratsiyasini “manipulyatsiyaga urinish” deb atadi. Qolaversa, Kreml rahbari tinchlik tarafdoriligini aytganiga qaramay, AQSHning Kiyev rozi bo‘lgan 30 kunlik tinish haqidagi taklifi qabul qilinmasligini ta’kidladi.

– RF doimiy ravishda har qanday taklifni rad etib keladi va dunyoni manipulyatsiya qilishda davom etmoqda, – deydi Ukraina yetakchisi. – Rossiya Qo‘shma Shtatlarni aldashga urinmoqda. Mana, yana bir yakka hukmronlikka urinish: negadir o‘t ochishni to‘xtatishdan oldin hamma 8 maygacha kutishi kerak. Shunchaki, Putinga o‘z paradi munosabati bilan sukut saqlash ta’minlanishi kerak.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arosatdagi mojaro…