Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

Harbiy xizmatchilar kun tartibi taqsimotidan unumli foydalanish, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarining samaradorligi oshirish hamda boʻlinmalarning yuksak jangovar shayligini taʼminlash maqsadida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan Nukus garnizonidagi harbiy qismlardan birining oʻquv-moddiy bazasida “Armiyada har bir daqiqa gʻanimat!” mavzusida koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etildi.

Mashgʻulotda harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning komandirlik lavozimidagi harbiy xizmatchilari uchun 4 ta oʻquv joyi va 30 ta oʻquv nuqtasi tashkil etildi. Koʻrgazmali mashgʻulotga Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining harbiy xizmatchilari ham jalb etildi.

Tajribali ofitserlar tomonidan har bir oʻquv nuqtasida mashgʻulotlarni tashkil etish metodikasi, oʻquv jarayonlariga yangicha yondashuv va ilgʻor pedagogik usullarni qoʻllash, shaxsiy tarkibni mashgʻulotlarga qiziqtirish kabi mezonlar amalda koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.

Oʻquv mashgʻuloti ertalabki badantarbiya mashqlaridan boshlanib, shaxsiy tarkibning yuvinishi, ovqatlanishi, nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi, mustaqil tayyorgarlik, kitob mutolaasi va madaniy hordiq uchun ajratiladigan vaqtlardan samarali foydalanishni oʻrgatish bilan davom etib, kechki yoʻqlama va shaxsiy tarkibning uyquga ketishi bilan yakunlandi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarga xavfsiz xizmat sharoitlarini yaratish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

– Taʼkidlash joizki, harbiy xizmatda har bir daqiqa hisobli boʻladi. Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish, xizmat vaqti sarfinining foydali koeffitsentini koʻtarish maqsadida tashkil etilgan mashgʻulot mazmunli oʻtkazildi, – deydi harbiy okrug boʻlim boshligʻi oʻrinbosari mayor Berdiyor Qulmurodov. – Mashgʻulotlar davomida qorovul va sutkalik naryadlarga mansabdor shaxslar tomonidan yoʻriqnoma va koʻrsatmalar berish tartibi yana bir bor namoyish etildi. Ishonchimiz komil, koʻrgazmali mashgʻulotda ishtirok etgan barcha toifadagi komandirlar oʻz boʻlinmalarida ham kun tartibidagi vaqt sarfidan unumli foydalanib, yuqori jangovar shaylik va harbiy intizomga erishadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.

photo_2020-10-27_13-04-30.jpg

photo_2020-10-27_13-04-31 (2).jpg

photo_2020-10-27_13-04-31.jpg

photo_2020-10-27_13-04-32.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armiyada har bir daqiqa gʻanimat
Жамият
13:07 / 27:10:2020