RIA Novostining xabar berishicha, payshanba kuni bosh vazir Nikol Pashinyan tarafdorlari bilan unga qarshi kuchlarning norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tayotgan bir paytda Yerevan osmonida harbiy samolyot paydo bo‘lgan.

Bundan avvalroq Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyandan iste’foga chiqishini talab qilib, uni o‘z xalqiga qarshi kuch ishlatishdan ogohlantirgan edi. Bunga javoban Pashinyan qurolli kuchlar bosh shtabi rahbari Onik Gasparyanni lavozimidan chetlatgan. Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning taklifi bilan qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanni ham bo‘shatgan.

Shu kuni Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi ikkinchi bayonotni e’lon qildi. Unda harbiylar Pashinyanning iste’fosini boshqalarning ta’siri ostida talab qilmayotgani aytilgan.

"Bu generallar va zobitlarning aniq qarashidir. Maqsad bitta, u ham bo‘lsa ushbu keskin damlarda Vatanni asrab qolish uchun xizmat qilish. Yana bir bor aniq pozitsiyamizni tasdiqlaymiz", – deya Sputnik Armeniya bosh shtab bayonotini keltirgan.

O‘z navbatida, Nikol Pashinyan Armanistonda davlat to‘ntarishi o‘tmasligini ta’kidladi.

Bosh vazir Yerevan ko‘chalaridagi namoyishlarda qatnashgan. Bundan avvalroq u o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilishini ma’lum qilgan edi.

Armaniston muxolifatchilari yetakchisi respublikada yuz berayotgan voqealar harbiy to‘ntarish hisoblanmasligini e’lon qildi.

Armaniston milliy xavfsizlik xizmati mitingda ishtirok etayotganlarni o‘z xatti-harakatlarini boshqarishga chaqirdi.

"Fuqarolardan buzg‘unchi harakatlar ta’siriga tushib qolmasligini, tartib va hushyorlikni saqlashni so‘raymiz. Davlat boshqaruvi organlari o‘z vazifasini to‘liq ado etmoqda", – deyiladi Armaniston milliy xavfsizlik xizmati bayonotida.

Unda ta’kidlanishicha, buzg‘unchilik Armaniston xavfsizligiga tahdid soladi va shunga o‘xshash har qanday harakat mamlakatni kuchsizlantirishga qaratilgandir.

Armanistondagi voqealarni Rossiya va Turkiya diqqat bilan kuzatib turibdi. Chunki Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochish to‘xtatilishida ushbu ikki davlat ham mas’ul hisoblanadi. Shu bois Moskva ham, Anqara ham Armanistondagi tartibsizliklar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvlarning amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda.

Masalan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov armanistonlik hamkasbi bilan telefon orqali muloqotda Moskva Armanistondagi vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilishidan umidvor ekanini ma’lum qildi.

"Rossiya mazkur vaziyatni Armanistonning ichki ishi sifatida baholaydi va vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bildiradi", – deyiladi Rossiya tashqi siyosat mahkamasi bergan xabarda.

Turkiya ham Armanistondagi voqealarga munosabat bildirgan. “Armaniston barqarorligi Tog‘li Qorabog‘dagi yarashuv uchun juda muhim, Turkiya ushbu voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda”, degan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li.

Avvalroq, Chovusho‘g‘li Armanistonda bo‘layotgan voqealarni harbiy to‘ntarishga urinish deb baholab, ushbu harakatlarni keskin qoralagandi.

"Biz uch mamlakat Qorabog‘ bo‘yicha kelishib olganmiz va ushbu davlatlardagi barqarorlik tinchlik jarayonini boshqarish uchun juda muhim. Biz Armanistondagi voqealarni ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib turibmiz. Shuningdek, o‘z kanallarimiz orqali yanada aniqroq ma’lumot olishga harakat qilayapmiz", – degan Chovusho‘g‘li Vengriyaga amaliy tashrifi chog‘ida.

"Davlat to‘ntarishi dunyoning qayerida bo‘lmasin, biz uni qoralaymiz. Armanistonda ham shunday. Hukumatni tanqid qilish, iste’fosini talab qilish mumkin. Bu normal holat. Biroq nafaqat hukumatni armiya yordamida ag‘darish, balki bunga chaqirishni ham aslo qabul qilib bo‘lmaydi", – degan u.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armanistonda noroziliklar kuchaymoqda