Armanistonda "Muqaddas kurash" harakati yetakchisi, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan hibsga olindi. U terrorizm, tartibsizlik uyushtirish va hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblangan.

"Armenpress" yozishicha, arxiyepiskop aybini tan olmagan. Jinoyat ishi 16 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ulardan 14 nafari ushlangan.

Tergov qo‘mitasi ta’kidlashicha, "Muqaddas kurash" tarafdorlarini tintuv qilish jarayonida o‘q otar qurol, harakat rejasi, yollanganlar ro‘yxati, harbiy texnika, dron va davlat xizmatiga tayinlanishi mo‘ljallanganlar ro‘yxati topilgan.

- Bundan tashqari Galstanyan va guruhning boshqa a’zolarining ovozli suhbatlari yozuvlari ham daliliy ashyo sifatida baholangan. O‘zaro muloqotlarda davlat tizimini falaj qilish, betartiblik yaratish, hokimiyatda o‘zgarish amalga oshirishga qaratilgan turli usullar muhokama qilingani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, asosiy magistral yo‘llarni to‘sishdan tortib, portlash, davlat resurslariga xakerlik hujumi uyushtirish, repressiya qo‘llash kabi aniq harakatlar ham qayd etilgan.

Avvalroq mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan maxsus idoralar hukumat egallanishining oldini olgani haqida ma’lum qilgan edi.               

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Armanistonda hukumatni egallamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi