Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish niyatida, deya ma’lum qildi respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
— Shanxay hamkorlik tashkilotining asosiy tamoyili, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Armaniston Respublikasi SHHTga a’zo bo‘lish istagini bildirdi, — deyilgan xabarnomada.
Ayni payt ushbu Kavkaz mamlakati tashkilotda muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega.
SHHTga 2001 yil Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan asos solingan. Keyinchalik tuzilmaga Hindiston, Eron, Pokiston va Belarus qo‘shildi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston — kuzatuvchi. Armanistondan tashqari Ozarbayjon, Bahrayn, Misr, Kamboja, Qatar, Quvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar hisoblanadi.
S.Rahimov, O‘zA