Armaniston parlamenti tarqatib yuborildi
Prezident Armen Sarkisyanning farmoni bilan Milliy majlisga navbatdan tashqari saylovlar shu yilning 9 dekabriga belgilandi.
Prezident Armen Sarkisyanning farmoni bilan Milliy majlisga navbatdan tashqari saylovlar shu yilning 9 dekabriga belgilandi. Hujjat Prezidentning rasmiy saytida eʼlon qilingan. Prezidentning matbuot xizmati maʼlum qilishicha, farmon konstitutsiyaning tegishli moddalariga koʻra chiqarilgan.
Maʼlumot uchun, 1 noyabrda Milliy majlis ikkinchi marta bosh vazirni saylamadi, shu tariqa parlament konstitutsiyaga koʻra, oʻz faoliyatini tugatdi. Parlamentda hech kim bosh vazirlikka yagona nomzod Nikol Pashinyanni yoqlab ham, unga qarshi ham ovoz bermagan, 13 deputat betaraf boʻlgan.