Arktika muzi erişi Qozoğistonga qurğoqçilik olib keladimi?
Arktikaning Barens va Kar dengizlarida qişda dengiz muzi kam yiğilgan yillari Şarqiy Yevropa va Qozoğiston uçun yoz quruq kelişi aniqlandi. Bunday xulosaga Germaniya va Ruminiya olimlari kelgan.
“Kazinform” xabariga köra, Alfred Vegener instituti va Buxarest universiteti tadqiqotçilari 1901-2017-yillar oraliğida Arktika muzi holati va qurğoqçilikka oid maʼlumotni örgangan. Natijada Barens va Kar dengizlarida qişda muz kam töplangan yillardan keyin Ruminiya va Ukrainadan Qozoğistongaça bölgan hududda yozgi qurğoqçilik tez-tez kuzatilişi aniqlandi.
Olimlar muz qoplami kamayişi havo harakatiga taʼsir qilişini taʼkidlagan. Şu tariqa mintaqada şakllanadigan yuqori bosimli barqaror hudud bulut hosil bölişiga tösqinlik qiladi va havo harorati kötariladi.
Tadqiqot xulosasida Arktika muzi kam bölsa, mintaqa yuzasiga tuşadigan quyoş energiyasi örtaça miqdori har kvadrat metrga 5,35 vattga teng bölgan. Tafovutning taxminan 57 foizi bulut kamayişiga boğliq.
Natija mutaxassislarga qurğoqçilik ehtimolini oldindan baholaşga yordam berişi mumkin. Ayniqsa yoğin kamayişi ğalla hosiliga salbiy taʼsir körsatadigan qişloq xöjaligi hududlari uçun uşbu maʼlumot juda muhim.
Eslatib ötamiz, Markaziy Osiyoda muz erişi va suv tanqisligi yil sayin jiddiy muammoga aylanmoqda.
A.Mamatov, ÖzA