Moziydan sado

Qadimdan savdo, san’at va ilm-fan beshiklaridan biri bo‘lgan ko‘hna Buxoroning eski shahar ko‘chalari bo‘ylab yurarkansiz, 2500 yildan ziyod tarixga guvoh bo‘lasiz. Savdo gumbazlar, Labi-Hovuz va Poyi Kalon kabi ulug‘vor me’moriy ansambllar, inshootlar, shuningdek, mahalliy xalqning milliy o‘zligi, tarixi, rang-barang madaniyati, gastronomik salohiyati, an’analari sayyohlarni maftun etib kelmoqda. 

Ayniqsa, Buxoroning tashrif qog‘ozi sanalgan Ark qal’asining o‘rni beqiyos. Bu maskanga har yili dunyoning turli mintaqalaridan minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Shunga muvofiq, qo‘rg‘on bugun yanada kengaymoqda, yangi eksponatlar bilan boyimoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan 5-6 yil muqaddam sayyohlarning Arkda qolish vaqti o‘rtacha 2-3 soatni tashkil qilgan. 2023 yil qal’a YUNESKO tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi olimlari hamkorligida amalga oshirilgan loyiha “Arxeologik park” sabab bu ko‘rsatkich ikki barobarga ortgan edi.

[gallery-23302]

– Buxoroning eng qadimgi yodgorliklardan biri Ark qo‘rg‘oni hisoblanadi. 1940 yilgacha bo‘lgan binolar saqlanib qolgan, undan keyin qo‘rg‘onning to‘rtdan uch qismi vayron bo‘lgan. Shuningdek, bir qism binolar saqlab qolingan va hozirgi paytda shu binolarda Buxoro muzeyining ma’muriyati va ekspozitsiyalar joylashgan. Ark arxeologik zona deyilgan va hududga o‘tish mumkin bo‘lmagan. Chunki hamma tomon vayron qilingan tuproqlardan iborat bo‘lgan va ba’zi imoratlarning qoldiqlari saqlab qolingan. Keyinchalik madaniy qatlamlarga zarar yetkazmagan holda yo‘laklar qilindi. Chiroyli yo‘laklar orqali Ark qo‘rg‘onining uch gektar maydonini bemalol ko‘rish mumkin. Buxoroni butun atrofini shu yerdan turib kuzatish mumkin, – deydi Buxoro Davlat universiteti professori Halim To‘rayev.

– Jahon tarixida O‘zbekiston o‘z mavqeyiga ega davlat hisoblanadi, –deydi Buxoro Davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori o‘rinbosari Jamshid Xalilov. – Jahon sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasini aniqlash maqsadida, albatta, arxeologiya katta o‘rin tutadi. Bu jihatdan mamlakatimizda turli arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilayotganligi va bular orqali mamlakatimiz tarixini yoritib berishga xizmat qiluvchi arxeologik faktlar topilayotganligi katta e’tiborga molik. Masalan, Buxoro viloyatining o‘zida uchta arxeologik ekspeditsiyalar faoliyat yuritadi. Bular Rossiya Davlat ermitaji, Luvr muzeyi, AQSHning maxsus arxeologik guruhlari bu yerda qazishma ishlari olib borib, topilgan ashyolar asosida muzeyni eksponatlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda. Eksponatlarning bir qismi Fransiyaning Luvr muzeyida hamda Berlindagi ko‘rgazmalarda namoyish qilindi. 

E’tiborli tomoni, Ark qal’asi to‘rt davrni o‘zida birlashtirgan. Antik davrdan tortib, eramizning IV-VIII, IX-XIII va XIV-XX-asrlar tarixini alohida jamlagan bunday maskanlar dunyoda sanoqli. Ammo, yangi loyiha sabab, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi Tarix ilmiy bo‘limida “Buxoro vohasining qadimgi va o‘rta asrlar tarixi” nomli ko‘rgazma zali yangi mingdan ortiq eksponatlar bilan boyidi. Bu esa sayyohlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.

– O‘zbekistonga birinchi bor kelishim, – deydi italiyalik sayyoh Simonenta Rossi. – Bugun Ark qo‘rg‘oniga keldim. Juda ham muhtasham saroy. Bu yerda saqlanayotgan har bir eksponatni diqqat bilan kuzatdim. Jonli tarix qarshisida turgandek bo‘ldim. Ayniqsa, faoliyat boshlagan yangi bo‘limda nafaqat Buxoro vohasi, balki butun insoniyat barcha rivojlanish bosqichlari jamlangandek. Bunday buyuk tarixga ega mamlakatda bo‘lib turganimdan juda xursandman va bu joyga yana takror kelishni niyat qildim. 

Yangi ko‘rgazmada Buxoro vohasida ibtidoiy davrdan boshlab, qadimgi saklar, axmoniylar va greklar, arablar, Mo‘g‘ullar va Temuriylar davrigacha bo‘lgan bir qator noyob eksponatlar o‘rin olgan. 

Hozirda ko‘rgazmalarda 10-12 mingta eksponatni namoyish qilish mumkin. Demak, hali qo‘rg‘onda ishga solinmagan imkoniyatlar talaygina. Bu bilan sayyohlar oqimini ikki milliongacha yetkazish, Buxoroda qolish kunlarini esa uzayishini ta’minlash borasida rejali ishlar olib borilmoqda. 

  Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ark maydonida noyob ekspozitsiya ish boshladi