Argentinaning sobiq Prezidenti Kristina Kirshner ishi bo‘yicha hukm o‘qildi. Uni 6 yillik qamoq kutyapti. Jazo turini uy qamog‘iga almashtirish harakatini davom ettirayotgan advokatlar sud xolis o‘tmaganini ta’kidlamoqda. Sud sobiq yetakchiga umrbod davlat lavozimida ishlashni ham taqiqlagan.

Xo‘sh, bu mashhur siyosatchi xonim nimada ayblandi? Sud xulosasiga ko‘ra, Kristina Kirshner prezidentlik davrida 50 dan ziyod davlat lavozimini taqsimlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan.

Hozir ham siyosiy partiyalardan biriga rahbarlik qilib kelayotgan ayblanuvchiga nisbatan hukm uning tarafdorlarida norozilik uyg‘otdi. Bunday kayfiyat odamlarni poytaxt Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqishga undadi.

Sud qaroridan xabar topgan namoyishchilar megapolisdagi Rio-de-la-Plata ko‘chasini to‘sib qo‘ygan, sobiq Prezidentni keskin tanqid qilgan  ikki asosiy nodavlat teletarmoq idorasiga bostirib kirgan.

Sud Xavfsizlik vazirligidan 72 yoshli mahkuma uchun hibsxona tashkil etishni so‘ragan. Uning advokati Karlos Beraldi esa mahalliy televideniyega bergan intervyusida yoshi tufayli Kristina xonim jazo muddatini uyda o‘tashini suddan so‘ragan.

Mazkur jinoyat ishiga tadbirkor Lasaro Baes, jamoat ishlari vaziri Xose Lopes kabi yana bir necha sobiq amaldor ham aloqador.

Xulosa shuki, ayblanganlar hukmdan norozi. Kirshner tarafdorlari namoyishni to‘xtatmayapti. Advokatlar ishni qayta ko‘rib chiqish uchun tegishli yuqori tashkilotlarga murojaat qilish niyatida.

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Argentinada sobiq Prezident sudlandi