Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o‘n qavatli mehmonxona binosi qulab tushdi, voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar tarqatdi mahalliy hukumat.
Villa Gesell munitsipaliteti rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, fojia seshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Rasmiylar hodisa payti inshoot ichida taxminan yetti-to‘qqiz kishi bo‘lgani, ular orasida ruxsat etilmagan qurilish bilan shug‘ullangan ishchilar ham bo‘lganini aytdi.
Ta’kidlanishicha, hozir voqea joyida o‘t o‘chirish va qutqaruv xizmati, shifokorlar va xavfsizlik xizmati ishlayapti.