Argentina termasi asosiy himoyachisi mundialgacha safga qaytadi
«Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romero jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina terma jamoasiga yordam bera oladi.
«Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romero jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina terma jamoasiga yordam bera oladi. 28 yoshli futbolchi aprel oyining o‘rtalaridan buyon tizzasidan olgan jarohati sababli maydonga tushmayotgan edi.
Jurnalist Lukas Gattining xabar berishicha, Argentina milliy terma jamoasi shifokorlari «shporlar» sardorining mundial oldidan tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatib borish uchun Londonga uchib kelishgan. Futbolchi «albiseleste»ning iyun oyida JCh-2026 ga tayyorgarlik doirasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga qadar to‘liq sog‘ayib ulguradi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichi doirasida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya termalariga qarshi bahs olib boradi.