Argentina Angliyaga qarshi o'yinga yangi sxema tayyorlamoqda: Skaloni tarkibda o'zgarishlar qiladi
Dushanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulot davomida argentinaliklar ikki xil taktik sxemani sinovdan o'tkazgani qayd etilgan.
Argentina terma jamoasi Angliyaga qarshi kechadigan jahon chempionati yarim final uchrashuvi oldidan taktik o'zgarishlarni rejalashtirmoqda.
"Albiseleste" ustozi Lionel Skaloni boshlang'ich tarkibga bir nechta o'zgarishlar kiritish niyatida, deya xabar bermoqda Diario Ole nashri. Shuningdek, dushanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulot davomida argentinaliklar ikki xil taktik sxemani sinovdan o'tkazgani qayd etilgan.
Argentina va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv chorshanba, 15-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59'da boshlanadi. Bir kun avval esa Ispaniya va Fransiya o'rtasidagi bahsda mundialning ilk finalchisi aniqlanadi.
Yarim final yo'lida Lionel Skaloni shogirdlari Kabo-Verde hamda Misrni (ikkala o'yinda ham bir xil — 3:2), shuningdek, Shveytsariyani (3:1) qiyinchilik bilan mag'lub etishgan edi.