O‘zbekistonda arab yozuvi va xattotlik san’ati, ya’ni kalligrafiya boy tarixga ega bo‘lib, islom madaniyatining muhim bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu sohaning shakllanish tarixi asrlar davomida musulmon madaniyati va ilmiy-adabiy an’analar markazi hisoblangan yurtimiz bilan chambarchas bog‘liq. Umuman, xattotlik Sharq mamlakatlarida o‘ziga xos va alohida yo‘nalish kasb etgan holda fan darajasiga ko‘tarilgan bebaho san’atdir. Qadimda yozuv va kitob ko‘chirishga ehtiyoj ortishi tufayli Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand va Toshkentda xattotlik maktablari, bir necha yirik san’at markazi vujudga kelgan.

Markaziy Osiyo xalqlari islom dinini qabul qilishi bilan bu o‘lkaga arab yozuvi ham kirib keldi. Natijada avval foydalanilgan qadimiy Uyg‘ur, O‘rxun-Enasoy, So‘g‘d, Xorazmiy yozuvlari asta-sekin muomaladan chiqib, VII asr oxiridan ilm-fanda, davlat ishida arab yozuvi rasmiy maqom kasb eta boshlagan. Shu tariqa arab xatini o‘zlashtirish va san’at darajasiga ko‘tarish jiddiy e’tibordagi masalaga aylangan.

Keyingi payt mamlakatimizda xattotlik san’atiga qiziqish yana kuchaydi. An’anaviy xattotlik usullari bilan bir qatorda, zamonaviy shakl bilan uyg‘unlashgan yangi loyihalar ilgari surilib, ko‘rgazma va ustaxonalar tashkil etilmoqda. Endilikda xattotlik nafaqat islom madaniyati, balki o‘zbek milliy merosining ham ajralmas qismi sifatida e’tirof etilyapti.

Ajdodlarimizning boy ma’naviy-ma’rifiy yodgorliklarni o‘rganish asnosida xalqimiz, jumladan yosh avlodni arab yozuvi, xattotlik san’ati va ushbu sohaning o‘ziga xos jihatlaridan bahramand qilish bugungi kunda asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Zero, ajdodlar boy merosini o‘rganish har qanday millat rivoji uchun juda muhim.

Shu maqsadda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti hamkorligida “O‘zbekistonda arab yozuvi va xattotlik san’ati” mavzusida mahorat darslari va ko‘rgazma tashkil etildi. Bunday tadbirlarni uyushtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar ijodiy salohiyatini rivojlantirish, xususan arab yozuvini o‘rganish va bu boradagi ilmiy saviyani oshirish, madaniy merosni asrash va targ‘ib qilishdan iborat.

Mahorat darsida mashhur ustoz xattot Islom Muhammad ishtirok etib, yurtimizda arab yozuvi va xattotlik san’ati rivojlanishi tarixi, bu jarayon asrlar davomida nafaqat din, balki madaniyat va ilm-fan taraqqiyotida ham muhim ahamiyat kasb etgani haqida qiziqarli ma’ruza qildi.

SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov mavzuga oid mavjud an’analar asrlar davomida umumiy islomiy madaniyat bilan uyg‘un ravishda shakllanganiga urg‘u berdi. Ushbu vositalar xalq diplomatiyasining bir ko‘rinishi sifatida islomiy davlatlar bir-birini yanada yaxshiroq anglashi, do‘stona aloqa o‘rnatishi, hamkorlikni mustahkamlashiga xizmat qilishi mumkinligini qayd etdi. Qolaversa, “Shanxay ruhi” tamoyillaridan biri – madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish zamonaviy dunyoda sivilizatsiyalarni o‘zaro tan olish, har bir davlatning tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, millatlar ijtimoiy tizimi va taraqqiyoti modeli mustaqil tanloviga hurmat bildirishni anglatishi ta’kidlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi mahorat darslari turli jabhada ijtimoiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Nafaqat xattotlik san’ati kelajagi, balki O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy merosini asrash va rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arab yozuvi va xattotlik bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi