Arab mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq holat qanday?
Koronavirus tufayli o‘tgan kun mobaynida Iroqda 39 kishi, Saudi Arabistonida 16 kishi, Quvaytda 11 kishi vafot etdi.
Shuningdek, Iroq Sog‘liqni saqlash va atrof-muhit vazirligining bayonotida yana 6 ming 821 yangi kasallanish holati aniqlangani, 6 ming 106 kishining sog‘aygani ma’lum qilindi.
Bayonotda aytilishicha, mamlakatda COVID tufayli vafot etganlar soni 17 ming 515 taga, yangi kasallanish ko‘rsatkichi esa 1 million 421 ming 746 taga ko‘paygani hamda 1 million 300 ming 517 kishi virusdan sog‘aygani qayd etilgan.
Saudiya Arabistonida esa bir sutkada 16 kishi virusdan vafot etgan, 1177 kishi virus yuqtirgan va 1516 kishining sog‘lig‘i tiklangan.
Quvayt Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, COVID-19 tufayli bir kunda 11 kishi vafot etganligi, 1555 yangi kasallanish holati qayd etilgani va 1728 kishi sog‘aygani aytilgan. Bayonotda mamlakatda virusning o‘lim ko‘rsatkichi 2 ming 100 taga, kasallanganlar soni 374 ming 104 taga, sog‘ayganlar soni 353 ming 936 taga ko‘paygani qayd etilgan.