Arab davlatlari bilan raqobat tufayli Eron nefti Xitoydagi mijozlarini yo‘qotmoqda
Erondan neft eksporti, yetkazib berish hajmi ortishiga qaramay, savdo sur’ati sekinlashmoqda. Savdogarlar xabar berishicha, Xitoydagi mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari Iroq, BAA va Qatardan arzonroq xom neftga faol o‘ta boshlagan. Shu tariqa dengizda Eron yuklari ko‘paygan.
Bozor ishtirokchilari fikricha, XXR kichik korxonalari so‘nggi haftalarda Fors ko‘rfazidan qariyb 20,5 million barrel neft sotib olgan. Islom Respublikasi neftiga chegirma esa raqobatchilar taklif qilganidan pastroq. Bir savdogar ta’kidlashicha, “hayratlanarli holat: Eron nefti eng qimmat mahsulotga aylanmoqda”.
“Reuters” agentligi yozishicha, AQSH sanksiyasi qayta tiklanishi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Tahlilchilar Tehron Chin bozoridagi mavqeini saqlab qolish uchun ko‘proq chegirma taklif qilishga majburligini aytmoqda.
Global tovar savdosi va dengiz yukini kuzatish uchun platforma taqdim etuvchi yirik xalqaro tahlil kompaniyasi – “Kpler” ma’lumotiga ko‘ra, XXRga Eron nefti kirish kelishi iyul oyida kuniga 556 000 barrel kamaydi. Bu 2023-yil yanvaridan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich.
S.Rahimov, O‘zA