Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC xabar berishicha, Ar-Riyod shahrida 2024 yilgi 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada dunyoning 90 davlatidan 333 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etyapti. Tadbir shaffof o‘tishini 260 nafar xalqaro mutaxassis nazorat qilib boradi.

“Birgalikda rishtalarni mustahkamlaymiz” shiori ostida tashkil etilgan olimpiada 30 iyulga qadar davom etadi. Natijalar 28 iyul kuni e’lon qilinadi.

Jahon kimyo mutaxassislari 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan savollarni tasdiqlashdan oldin keng qamrovli yig‘ilish o‘tkazdi.

Sohada global muloqotni kuchaytirish, turli masalalarga mustaqil va ijodiy yechim taqdim etish orqali kimyo faniga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Xalqaro kimyo olimpiadasi norasmyi ravishda o‘quvchilar o‘rtasidagi eng yirik xalqaro tanlov sifatida e’tirof etiladi.

1968 yil Pragada boshlangandan buyon ushbu anjuman har yili turli davlatda o‘tkazib kelinadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ar-Riyodda Xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi