O‘zbekiston Respublikasining Vashington shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSHning ilg‘or oliy ta’lim maskanlaridan biri Vayoming universiteti qoshida o‘zbek tili do‘stlari klubi tashkil etilib, uning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur klubning asosiy maqsadi - davlatimiz tili, madaniyati va tarixi haqida qo‘shimcha o‘rganishni istagan barcha ishtirokchilarga doimiy ravishda ta’lim berish hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, ilk bor Vayoming shtati gubernatori Mark Gordon 2021 yil fevral oyini jahon tillari va madaniyatlari oyligi deb e’lon qildi.

Vayoming universiteti Vayoming shtatidagi eng yirik oliygoh bo‘lib 1886 yilda tashkil topgan. Hozirda o‘z ichiga yettita kollejni (oliy ta’lim muassasasini) oladi – qishloq xo‘jaligi va tabiiy resurslar, san’at va fan, biznes, ta’lim, muhandislik va amaliy fanlar, sog‘liqni saqlash fanlari va huquq shular jumlasidan. Universitet talabalarga 120 dan ortiq bakalavriat, magistratura, doktorantura va mutaxassislik dasturlarini taklif etadi.

O‘zbek tili do‘stlari klubi tashkilotchisi Vayoming universitetida o‘zining PhD darajasini olgan va shu oliy o‘quv yurtida mehnat faoliyatini boshlagan Dilnoza Hosilova o‘quvchilarga davlatimiz tili, madaniyati va tarixi haqida haftaning har shanba kunida ta’lim berishni boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, barcha ishtirokchilarni O‘zbekistonga bo‘lgan katta qiziqish umumlashtirib turadi. Ulardan ba’zilari hattoki mamlakatimizga tashrif buyurishgan bo‘lib, birinchi mashg‘ulotdayoq o‘zlarining sayohatlari davrida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi va klubning boshqa a’zolarini ham mamlakatimizga borishga undashdi. Masalan, Rayan Shvaytzer davlatimizga tashrifi davrida eng yoqqan taraflaridan biri, bu - o‘zbek palovi deb atadi. Uning so‘zlashicha, choyxona oshini barcha chet ellik turistlar albatta tatib ko‘rishlari lozim.

Bundan tashqari, dars davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishga alohida e’tibor berildi. Asli Ozarbayjonlik bo‘lgan va hozirda AQSHning Virdjiniya shtatida talaba bo‘lgan Gunay Axunzada shoir g‘azallarini o‘qishda o‘z mahoratini sinab ko‘rdi. Unga qo‘shilgan Tim Gunderson ham Navoiyning «Sinsa ko‘nglumda o‘qung» nomli g‘azalini ilk bor o‘qib berdi.

Abdulaziz Rustamov tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHning Vayoming universiteti qoshida o‘zbek tili do‘stlari klubi tashkil etildi