Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitetida 8-fevral kuni Filipp Jessop nomidagi Xalqaro huquqshunoslar musobaqasining milliy raundi bo‘lib o‘tdi.

Unda huquqshunos kadrlar tayyorlovchi 3 oliy ta’lim muassasasi – Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoalari o‘zaro bahslashdi.

13.JPG

– Globallashuv sharoitida integratsiya jarayonlari tobora jadallashayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, – deydi hakamlar hay’ati raisi, polshalik ekspert, professor Vladislav Saplinskiy. – Bu xalqaro huquq me’yorlari bilan bog‘liq amaliyotlarning o‘zaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Filipp Jessop nomidagi Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi talaba-yoshlarga xalqaro huquqni chuqur o‘rganish, tadqiq qilish asosida ijobiy yechimlarni global muvofiqlashtirish uchun o‘ziga xos muloqot va tajriba maydoni vazifasini o‘taydi. Mamlakatingiz xalqaro maydonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surayotgani keng jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilinayotir. O‘zbekistonlik yosh huquqshunoslarning mazkur tanlovda qatnashishi kelgusida bu boradagi intilishlarni xalqaro huquq organlaridan turib faol qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish imkonini beradi.

15.JPG

Uch raund davom etgan bahslarda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, aprel oyida AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

7 (1).JPG

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro huquqshunoslar assotsiatsiyasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi BMTning Xalqaro adliya sudi huzuridagi sud jarayoni modeliga asoslangan holda o‘tkaziladi. Xalqaro huquqshunoslar musobaqasi 100 ga yaqin davlatdagi huquqshunoslikka ixtisoslashgan 650 dan ziyod oliy o‘quv yurtini qamrab olgan dunyodagi eng katta sud tanlovidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQShning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkentning Vestminster universiteti jamoasi himoya qiladi