AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatning eng badavlat milliarderlari reytingidan chiqarildi
Amerikadagi “Forbes” nashri 25 yil davomida ilk marta AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni mamlakatning eng badavlat milliarderlari reytingiga qo‘shmadi, u koronavirus pandemiyasi tufayli boyligi kamaygani uchun ro‘yxatga kiritilmagan.
Yangi ro‘yxatni shakllantirishda “Forbes” AQSHning 45-chi prezidenti boyligini 2,5 milliard dollar deb baholagan.
Ro‘yxatga kirish uchun Trampga 400 million dollar yetmay qolgan.
2020 yilda sobiq prezident ro‘yxatning 339 o‘rnida qayd etilgandi.
Lekin pandemiya boshidan uning mablag‘i 600 million dollarga kamaygan va shunda u reytingda 64 pog‘onaga pastlagan.