Yevropa davlatlari va Qo‘shma Shtatlar muhim resurslar bo‘yicha Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun yangi imkoniyat izlamoqda. Masalan, Grenlandiyada noyob yer osti qazilmalari zaxirasiga ega dunyodagi eng yirik konlar joylashgan. Bunday moddalardan elektromobil, kuchli magnit, ilg‘or qiruvchi samolyot, suv osti kemasi, smartfon, televizor ekrani kabi ko‘plab zarur mahsulotlarning muhim qismlari tayyorlanadi.

So‘nggi payt shu muhim minerallar Xitoy va boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Pekin va Vashingtonning so‘nggi savdo muzokarasida ayni omil muhim o‘rin egalladi, deyish mumkin.

O‘tgan hafta AQSH moliya vaziri Skott Bessent ikki davlat noyob metallarni Amerikaga yetkazib berishni osonlashtiradigan kelishuvga erishganini ma’lum qildi.Grenlandiya konlari esa noyob metallarga ehtiyojni qondiradigan qo‘shimcha vosita sifatida ko‘rilyapti.

Prezident Donald Tramp Yevropa va Amerika orasidagi strategik mavqega ega bu ulkan orol ustidan nazoratni qo‘lga kiritishdan Vashington manfaatdorligini bir necha bor bildirgan. Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen Amerika yetakchisining bayonotlari hurmatsizlik ekanini ta’kidlab, Grenlandiya “hech qachon qaysidir davlat tomonidan sotib olinadigan mulk bo‘lmasligi”ni aytgan. Binobarin, hukumat ko‘proq konlar ochilishi uchun YeI va AQSH sarmoya kiritishidan ham umidvor.

Mutaxassislar fikricha, hozir strategik muhim minerallarning asosiy yetkazib beruvchisi Xitoy hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ayniqsa orol sharqiy qismida foydali qazilmalarning tasdiqlangan salmoqli zaxirasi mavjudligi hisobga olinganda, Grenlandiya juda muhim manzil.

Tog‘-kon kompaniyalari qaror qabul qilishda birinchi navbatda loyihaning iqtisodiy jihatiga e’tibor beradi. Grenlandiya bilan bog‘liq murakkab omillardan biri shundaki, qazilmalarning 80 foizi muz ostida, ya’ni resursni qazib olish xarajati boshqa joylarga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin.

Albatta, grenlandiyaliklar ham qazilma boylikdan foydalanishdan manfaatdor. Faqat ular sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan kompaniyalar ekologiya qoidasiga amal qilishi uchun qat’iy talab qo‘yishadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MxZrjEnJKt4?si=VQMc87_9Bmhsi0Xt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSHga Grenlandiya nima uchun kerak (+video)