AQSHda yirik o‘rmon yong‘ini
AQSHning Mayami-Deyd va Brovard muzofotlarida yirik o‘rmon yong‘ini tarqalishi davom etyapti, deb xabar tarqatgan NBC.
Florida o‘rmon xizmati ma’lumotiga ko‘ra, olov allaqachon g‘arbga tomon siljib, taxminan 4800 akr maydonni qamrab olgan. Hozirgacha yong‘inning atigi 20 foizi o‘chirilgan.
Mahalliy yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyida ishlayapti. Suv sepish uchun samolyotlardan ham foydalanilmoqda. Qalin tutun ba’zi hududlarda ko‘rishni qiyinlashtiryapti. Aholidan xavfli hududdan ketish so‘ralgan.
Guvohlar aytishicha, alanga turar-joy binolariga yaqinlashib, yagona evakuatsiya yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
G.Sattorova, O‘zA