AQSH sharqidagi Janubiy Karolina shtatida, ommaviy plyajda chaqmoq chaqib, 20 kishi jabrlandi.
"NBC News" ma’lumotiga ko‘ra, voqea Myurrey ko‘li hududida, Drexer-Shoals to‘g‘oni yaqinidagi qumli dam olish maskanida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari yetib bordi.
Leksington okrugi matbuot kotibi Vanessa Dias aytishicha, 18 kishi, jumladan 12 bola kasalxonaga yetkazilgan. Yana ikki odamga voqea joyida yordam ko‘rsatildi.
– Yomg‘ir yoki noqulay ob-havodan darak beruvchi biror belgi yo‘q edi, shunchaki tasodifiy momaqaldiroq kuzatildi, – dedi u. – Endi majmua vaqtincha yopildi.