AQSHda Xitoyning “maxsus agenti“ hibsga olindi
Chikagoda 27 yoshli Xitoy fuqarosi Pekin nomidan josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olindi. Ayni shu hafta AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xaspel chet eldagi Xitoy taʼsirining kuchayishiga qarshi ogohlantirdi.
Chikagoda 27 yoshli Xitoy fuqarosi Pekin nomidan josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olindi. Ayni shu hafta AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xaspel chet eldagi Xitoy taʼsirining kuchayishiga qarshi ogohlantirdi.Ji Chaoqun, “noqonuniy razvedka” vazifasini bajarayotganlikda ayblanmoqda, deya xabar beradi AQSH Adliya vazirligi.
Ji Chaoqun Chikago shahridagi Illinoys texnologiya instituti elektrotexnika fakultetining talabasi boʻlgan, shuningdek, u AQSH armiyasining “milliy manfaatlar uchun muhim” deb hisoblanadigan xorijiy fuqarolar roʻyxatida turgan.
Agar Ji noqonuniy chet el agenti sifatida harakat qilishda aybdor deb topilsa, u 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.