AQShda O‘zbekiston fuqarolari muddatdan avvalgi saylovlarda ishtirok etdi
Florida shtatining Orlando shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston fuqarolariga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil bo‘lib o‘tdi.
Florida shtatining Orlando shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida ishtirok etish uchun O‘zbekiston fuqarolariga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muddatidan oldingi saylov 22 dekabr kuni O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga kela olmaydigan Amerikadagi O‘zbekiston fuqarolarining saylash huquqlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Orlando shahridagi “Marriott” mehmonxonasida tashkil etilgan saylov jarayonlarida saylovchilar nomzodlikka qo‘yilgan partiya vakillari haqidagi barcha zaruriy ma’lumotlar bilan tanishdi.
Saylov jarayonlarida yashirin ovoz berish uchun sharoitlar ta’minlandi va shaffof holda o‘tkazildi.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Orlandoda o‘tkazilgan mazkur muddatdan oldingi saylovda 70 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.
Shunisi e’tiborliki, saylovchilarning asosiysi qismi o‘z oilalari bilan kelgan yoshlar edi.
Alohida qayd etish kerak, AQShning boshqa shtatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarining Floridada tashkil etilgan ushbu saylovlarda ishtirok etishi ularning mamlakatimizdagi demokratik jarayonlarga befarq emasligidan dalolat.
“Ona vatanimiz – O‘zbekistonning taraqqiyoti, siyosati nimalarga yo‘naltirilganligi biz uchun albatta muhim”, deydi hamyurtimiz Akmal Tillaxo‘jaev.
Elchixona xabariga ko‘ra, muddatidan oldingi saylovlar Atlanta, Toronto shaharlarida va Jorjia shtatida o‘tkazilishi belgilandi.