AQSHda mashhurlar bo‘ronga “qalqon” bo‘lmoqda
Qo‘lingni ber, xalqim!
Super musiqa yulduzlari “Xelen” va hozir ham davom etayotgan “Milton” to‘fonlari oqibatini bartaraf etishga hissa qo‘shmoqda. Teylor Svift jabrlanganlarga yordam berish uchun 5 million, Dolli Parton esa 1 million dollar ajratdi.
Ma’lumki, oy boshida “Xelen” to‘foni AQSH janubi-sharqiy shtatlariga yopirilib, Jorjiya, Florida, Shimoliy Karolinada ko‘plab hududlarni vayron qildi. Yuzlab insonlar hayotiga nuqta qo‘ygan dovul ortidan ko‘pchilik bedarak yo‘qoldi.

Kecha Florida shtatida boshlangan “Milton” hodisasini esaPrezident Jo Bayden “asr bo‘roni” deya ta’rifladi.
“Amerikani oziqlantirish” notijorat tashkiloti Teylor Svift “binolarni qayta qurish va tiklashga yordam berish, ushbu halokatli bo‘ronlardan jabrlangan odamlarni zarur oziq-ovqat, toza suv va buyum bilan ta’minlash” uchun 5 million dollar ajratganini ma’lum qildi.
Bayonot shunday davom etadi:
– Biz birgalikda oilalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz, ular muammolar qarshisida yolg‘iz qolmaydi. Ochlikni tugatish, qiyinchilikni yengish harakatida biz bilan birga bo‘lganingiz va muhtoj jamoalarga yordam berganingiz uchun rahmat, Teylor!

1 million dollar ehsonidan tashqari, Parton o‘tgan hafta “Dollywood Parks & Resorts”, “The Dollywood Foundation”, “Dolly Parton's Stampede” va “Pirates Voyage” kompaniyalari bilan birga Appalachian mintaqasida suv toshqini oqibatini bartaraf etish uchun “Wallmart” korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatganini e’lon qildi.
Qo‘shiqchi Morgan Uollen ham chorshanba kuni Tennessi shtati Noksvill shahri aholisini qo‘llash uchun Amerika Qizil Xoch jamiyatiga 500 000 dollar xayriya qildi. Metallika rok afsonasi, shuningdek, “All In My Hands”jamg‘armasi ham “World Central Kitchen” va “Team Rubicon” orqali har biri uchun 50 000 dollardan kechdi.

Meteorologlar taxminiga ko‘ra, Milton Florida tarixida qayd etilgan eng halokatli to‘fonlardan biri bo‘lishi mumkin. “Xelen” esa so‘nggi 50 yil ichida AQSH materigiga 20 yil avvalgi“Katrina” bo‘ronidan keyin kelgan eng halokatli ofat sifatida baholanmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA