AQSHda dovul: 4 kishi halok bo‘ldi, 670 000 aholi chiroqsiz qoldi
"Isayas" dovuli Amerika Qo‘shma Shtatlari Florida shtati qirg‘og‘iga yetib kelib, to‘rt kishini hayotdan olib ketdi. Bir necha shtatda elektr ta’minoti izdan chiqqan. Shanba kuni Florida, Alabama, Jorjiya va Missisipida jami 670 000 iste’molchi toksiz qolgan.
Qurbonlarning ikki nafari uyi ustiga daraxt qulab tushishi oqibatida vafot etgan. Shamol tezligi pasaygan bo‘lsa-da, kuchli shamol, suv toshqini va to‘fon xavfi saqlanib turibdi. Floridada yo‘l va ko‘priklar ochilyapti. Pensakola aeroportida esa shikastlanish sababli tijoriy parvoz to‘xtatilgan. Hokimiyat elektr ta’minoti tiklanishini birinchi navbatdagi vazifa sifatida belgilagan.
Dovul Meksika ko‘rfazidagi AQSH neft-gaz ishlab chiqarish korxonalariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi: xom ashyo qazib olish 69, tabiiy gaz ishlab chiqarish 57 foiz vaqtincha qisqatirilgan. Ta’minotdagi uzilishni yumshatish maqsadida Energetika vazirligi maxsus zaxiradan 4 million barrelgacha neft ajratishga ruxsat berdi. Kompaniyalar esa dengiz platformalariga xodimlarni qaytarib, ishlab chiqarishni tiklashga kirishgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA