AQŞ xavfsizlik sababli “FIFA U-17” jahon çempionatidan voz keçdi
AQŞ Futbol federatsiyasi Yaqin Şarqdagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat sababli 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etmaslikka qaror qildi. Musobaqa 19-noyabrdan 13-dekabrga qadar Qatarda ötkazilişi rejalaştirilgan.
“Reuters” axborot agentligi xabar berişiça, federatsiya futbolçilarga yöllagan maktubida qaror AQŞ Davlat departamentining Qatarga safar qiliş böyiça uçinçi darajali xavf ogohlantirişi bilan boğliq ekanini maʼlum qilgan. Mazkur ogohlantiriş qurolli mojarolar xavfi tufayli mamlakatga safarni qayta körib çiqişni tavsiya etadi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 12-noyabrda eʼlon qilgan rasmiy bayonotida AQŞning qarori haqida xabardor qilinganini tasdiqladi. Taşkilotga köra, musobaqa xavfsizligi yuzasidan baholar özgarmagan va çempionat belgilangan muddatda boşlanadi. FIFA prezidenti Janni Infantino ham Qatar musobaqa iştirokçilari uçun xavfsiz ekanini taʼkidladi.
Qöşma Ştatlar terma jamoasi 21-noyabrda Çernogoriyaga qarşi ilk uçraşuvini ötkazişi, keyinçalik Çili va Jazoir bilan bahslaşişi kerak edi. Hozirça uning örnini qaysi jamoa egallaşi maʼlum qilinmagan.
S.Rahimov, ÖzA