Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gaagadagi NATO yetakchilari sammiti doirasida AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilingan.
Zelenskiy Tramp bilan uzoq va mazmunli uchrashuv o‘tkazganini ta’kidlagan:
- Muhim masalalar ko‘tarildi. Janob Prezident va AQSHga minnatdorlik bildiraman. Biz o‘t ochishni to‘xtatish va haqiqiy tinchlikka erishish yo‘llarini muhokama qildik. Xalqimizni qanday himoya qilish mumkinligi haqida gaplashdik. Biz alohida e’tibor va tinchlikni yaqinlashtirishga intilishga tayyorlikni qadrlaymiz.