AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasida yangi hamkorlik davri boshlandi(+video)
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari madaniyat vazirlari hamda AQSH Davlat kotibi vakilining “C5+1” formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqot 2025-yil noyabr oyida Vashington shahrida o‘tkazilgan davlat rahbarlarining “C5+1” sammitida belgilangan vazifalarning amaliy davomi sifatida tashkil etildi.
Toshkentdagi uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning madaniyat sohasi rahbarlari hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining jamoat diplomatiyasi va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha muovini Sara Rojers ishtirok etdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Fm43uiQIz6I?si=e2oLF4cdQ5At3gtV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, A. Axmedov, O‘zA