AQSH va Isroil Eronni quruqlikdan qamal qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda
“The Telegraph” xabariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 28-iyul kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eronga “kinetik va kinetik bo‘lmagan vositalar” orqali iqtisodiy bosimni kuchaytirish haqida gaplashgan.
Ushbu reja, ehtimol, AQSH va Isroildan Eronning qo‘shnilari va mintaqaviy sheriklariga nazoratni kuchaytirish yoki chegara o‘tish joylarini butunlay yopish, eksport va import oqimini cheklash uchun bosim o‘tkazishni talab қилади.
Eron Iroq, Turkiya, Pokiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Armaniston va Ozarbayjon bilan chegaradosh. Agar ushbu yetti davlatdan birortasi hamkorlik qilishga rozi bo‘lsa, iqtisodiy oqibatga hamda Islom Respublikasidan javob zarbasi tahdidiga duch keladi.
Shuningdek, Isroil va AQSH bu rejani Tehronning e’tiborini keyingi zarur qadamlardan chalg‘ituvchi vosita sifatida taqdim etgan bo‘lishi mumkin. Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, Eron rahbariyati iqtisodiy inqirozdan juda xavotirda bo‘lgan va urush davom etishi kerak, deb hisoblaganlarga ajralib qolgan.
Isroil rasmiysi rahbarlar mojarodan keyingi harakat uchun uch yo‘lni muhokama qilganiga e’tibor qaratgan: kelishuvga erishish, dengiz qamalini davom ettirish va zarbani qayta tiklash. Ta’kidlanishicha, Netanyaxu hech bir variantni ma’qullamagan.
S.Rahimov, O‘zA