AQSH va Hindiston o‘rtasida savdo muzokaralari davom etmoqda
Qo‘shma Shtatlar Savdo vakili Jeymison Grir Tramp ma’muriyati Hindiston bilan ikki tomonlama savdo bitimini tuzish bo‘yicha ish olib borayotgani, biroq hujjat yaqin kunlarda imzolanmasligini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Grir shu hafta Miluokida o‘tkazilgan “G20” savdo vazirlari sammitida Hindiston savdo vaziri Piyush Goyal bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat vakillari muloqotni faol tarzda davom ettirmoqda.
AQSH vakilining qo‘shimcha qilishicha, tomonlar kelishmovchilik keltirib chiqarayotgan asosiy masalalarni to‘liq aniqlab olishgan va ayni paytda ularni hal etish ustida jiddiy ish olib borishmoqda. Biroq yakuniy bitim tuzilishiga hali biroz vaqt talab etiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA