AQSH universitetlari migratsiya siyosati tufayli moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda
AQSHda Donald Tramp tomonidan migratsiya siyosati qat’iylashtirilishi ortidan xorijlik talabalar oqimi kamayib, mamlakat oliy ta’lim muassasalari jiddiy moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda. Bu haqda “The Washington Post” yozgan.
Chet ellik talabalar o‘qish uchun mahalliy aholiga nisbatan ancha ko‘p pul to‘laydi. Shu bois endi oliy o‘quv yurtlari xarajatni sezilarli darajada kamaytirishga majbur. Prinston universiteti o‘tkazgan tadqiqot ko‘rsatdiki, xorijlik talabalardan tushadigan mablag‘ universitet va kollejlar umumiy daromadining o‘rtacha 12 foizini tashkil etadi. Xalqaro talabalarga ko‘proq bog‘lanib qolgan ba’zi ta’lim maskanlarida bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshadi. Yuzaga kelgan vaziyat Amerika ta’lim tizimidagi ko‘plab o‘quv muassasalari byudjetini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA