AQSH Ukrainadagi soxta referendumni tan olmaydi
AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Ukrainada o‘tkazadigan referendumni qabul qilmaydi va referendum rejasi Rossiyaning “umidsizligini” aks ettiradi.
Sallivan Oq uyda kunlik matbuot brifingida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bayonot berdi. Umumiy safarbarlik va referendumlar masalasini sharhlar ekan, u bu qadam va ehtimoliy referendum Rossiyaning Ukraina bilan urushga qanchalik “umidsiz” ekanligidan dalolat berishini ta’kidladi.
“Biz bilamizki, Rossiya Ukrainani anneksiya qilish uchun referendum, deb atalgan narsadan foydalanmoqchi. Bu tadbir suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga zid, xalqaro tizim va BMT Nizomiga putur yetkazadi. Ochig‘ini aytsam, agar bu referendum bo‘lib o‘tsa, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning da’volarini hech qachon qabul qilmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Sallivan.
O‘zA