AQSH terma jamoasi JCH oldidan og'ir yo'qotishga uchradi
«Atletiko Madrid» yarim himoyachisi Jonni Kardozo jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
«Atletiko Madrid» yarim himoyachisi Jonni Kardozo jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Madrid klubining xabar berishicha, AQSH terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi 7 may kungi mashg‘ulotda o‘ng to‘pig‘idan jarohat olgan. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, Kardozoga paylarning kuchli cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.
COPE nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi nafaqat «Atletiko»ning mavsum oxiridagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, balki shu yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham ishtirok eta olmaydi.