AQSh terma jamoasi jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi
Serjinyo Dest, Kris Richards, Veston Makkenni, Kristian Pulishich kabi yulduzlar tarkibdan joy olgan.
Kelasi oydan start oladigan jahon chempionati startiga ham oz fursat qolmoqda. Turnir mezbonlaridan biri sanalgan AQSh terma jamoasi mundial uchun 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy qaydnomasini taqdim etdi.
Tarkibga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar: Kris Bredi ("Chikago Fayr"), Mett Friz ("Nyu-York Siti"), Mett Tyorner ("Nyu-England Revolyutsion").
Himoyachilar: Maks Arfsten ("Kolumbus Kryu"), Serjino Dest (PSV), Aleks Frimen ("Vilyarreal"), Mark Makkenzi ("Tuluza"), Tim Rim ("Sharlotta"), Kris Richards ("Kristal Pelas"), Entoni Robinson ("Fulxem"), Mayls Robinson ("Sinsinnati"), Jozef Skalli ("Borussiya" Myonxengladbax), Oston Trasti ("Seltik").
Yarim himoyachilar: Tayler Adams ("Bornmut"), Sebastyan Berxalter ("Vankuver Uaytkeps"), Ueston Makkenni ("Yuventus"), Jovanni Reyna ("Borussiya" Myonxengladbax), Kristian Roldan ("Sietl Saunders"), Malik Tillman ("Bayer" Leverkuzen).
Hujumchilar: Brenden Aaronson ("Lids Yunayted"), Folarin Balogun ("Monako"), Rikardo Pepi (PSV), Kristian Pulishich ("Milan"), Timoti Vea ("Olimpik" Marsel), Xadji Rayt ("Koventri Siti"), Aleks Sendexas ("Amerika" Mexiko).
Jahon chempionatida AQSh terma jamoasi “D” guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiya jamoalari bilan o‘ynaydi.