Prezident Donald Tramp ma’muriyati elchixonalarga talaba vizasi berish uchun uchrashuv belgilanishini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb yozdi BBC.

Diplomatik vakillarga yuborilgan eslatma nusxasida Davlat kotibi Marko Rubio ushbu qaror “qo‘shimcha nizom chiqqunga qadar” amal qilishini bildirgan.

Xabarda aytilishicha, elchixonalar va konsulliklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir etishi taxmin qilingan ijtimoiy tarmoqda talaba va valyuta almashish vizasini tekshirish kuchaytiriladi. Mazkur chora Tramp Amerikaning ba’zi nufuzli kollejlari bilan nizolashayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlarda o‘qishni istagan chet ellik talaba, odatda, rasmiy ruxsatnoma olish uchun o‘z mamlakatidagi Amerika elchixonasida suhbatdan o‘tadi. Ko‘pgina ta’lim muassasalari ichki xarajatning salmoqli qismini qoplashda nisbatan qimmat “kontrakt” to‘laydigan xorijlik talabalarga tayanadi.

Prezident ma’muriyati universitetlar uchun ajratiladigan yuzlab million dollar mablag‘ni muzlatib qo‘ydi va chet ellik talabalarni deportatsiya qilishga kirishdi. Shu bilan birga boshqa toifalar uchun ham minglab vizalarni bekor qildi.

Ayniqsa, Harvard universiteti Trampning “g‘azabi”ga uchragan. O‘tgan hafta ushbu nomdor dargoh xalqaro talabalarni ro‘yxatga olish va chet ellik tadqiqotchilarni qabul qilish imkoniyatidan mahrum etildi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH talaba vizasi olishni qiyinlashtirmoqda