Vashington shahriga tashrifi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vahobov Kaspiy siyosiy markazi Xavfsizlik va siyosat dasturi rahbari, boshqaruv kengashi a’zosi Richard Xogland bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi.

O‘zaro muloqot chog‘ida janob Xogland ushbu voqeaning alohida ahamiyatini ta’kidlarkan, mazkur tashabbus xavfsizlik, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohalarida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish hamda tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

O‘z navbatida J.Vahobov ushbu muassasa MOXI aloqa o‘rnatgan ilk Amerika tahliliy markazi ekaniga urg‘u berdi. Uning fikricha, imzolangan bitim ilmiy va ekspert almashinuvini kengaytirish, akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tomonlar ta’kidlaganidek, ushbu hujjat yanada kengroq va tizimli sheriklik uchun zamin yaratadi. Iqtisodiyot, siyosat, erenergetika, keng Transkaspiy makonida mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik kabi tadqiqot yo‘nalishlarini qamrab olgan.

Kaspiy siyosiy markazi Vashingtonda joylashgan mustaqil notijorat tashkiloti bo‘lib, mintaqadagi eng dolzarb masalalarga e’tibor qaratadi. Umumiy muammolarni chuqurroq anglashga xizmat qiluvchi tadqiqotlar, munozaralar uchun qulay maydonga aylanishga intilmoqda.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH tadqiqot markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi