Keyingi paytlarda dunyo jamoatchiligining e’tibori asosan AQSH va u yerda prezident Donald Tramp boshchiligida kechayotgan islohotlar va uning oqibatlariga qaratilmoqda. Jahon iqtisodiyotida ham beqarorliklar yuzaga kelyapti. Albatta ushbu jarayonlarni siyosiy va iqtisodiy doiralar diqqat bilan kuzatib bormoqda, shu jumladan mamlakatimizda ham soha olimlari o‘z tahlillarini olib borishyapti.

Jahondagi iqtisodiy o‘zgarishlarning borishi va jahon savdosiga ta’siri xususida O‘zbekiston Milliy universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Abdurahim Vahobov bilan suhbatlashdik. 

- Dunyo iqtisodiyotiga AQSH boshlagan islohotlarning ta’siri qanday bo‘ladi? 

- XXI asrning 20-yillari dunyo iqtisodiyotiga ta’sir etadigan risklar ko‘paygan va noaniqlik kuchaygan davr sifatida kiradi. Chunki, hozir biz 2025 yilning 6 oyida, 2 kvartal oxirida yashab turibmiz. Lekin hozir hamma xalqaro moliya institutlari: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabilar o‘zlari ishlab chiqqan hamma prognozlarni boshidan ko‘rib chiqmoqda. Nimaga? Chunki, yil boshida mo‘ljallangan prognozlar o‘zini oqlamadi va ko‘zda tutilmagan yangi risklar paydo bo‘ldi. 

2024 yil natijalariga ko‘ra butun dunyoning yalpi ichki mahsuloti 105 trln dollar bo‘lgan bo‘lsa, AQSHning yalpi ichki mahsuloti shuning 30.2 trln dollarini tashkil qildi, joriy baholarda. Xitoyniki 19.4 trln dollar. 

Demak, dunyo iqtisodiyotining “ob-havo”sini belgilab beradigan mamlakatda o‘zgarishlar albatta jahon iqtisodiyotiga ta’siri bo‘ladi. Lekin AQSHda saylovlarda respublikachilar partiyasidan vakil Donald Trampning kelishi va uning olib borayotgan siyosati va bu siyosatning beqarorligi dunyo iqtisodiy xaritasini o‘zgartirib yubordi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/na32AmpC1G8" title="AQSH siyosatining dunyo iqtisodiyotiga ta’siri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH siyosatining dunyo iqtisodiyotiga ta’siri (+video)