| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
AQSH Rossiyada hokimiyat almashishiga ishonmaydi

Qo‘shma Shtatlar Rossiyada hukumatga tahdid solishi mumkin bo‘lgan namoyishlar yuz berishi imkonsiz, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSH Milliy razvedka direktori Evril Xeyns ma’lum qildi.
“Kreml, ehtimol, rivojlanib borayotgan voqealarga nisbatan tanqidiyroq munosabatda bo‘lar, lekin hozircha rasmiylarga nisbatan tahdid soladigan hech nima ko‘rinmayapti”, deb bayonot berdi u Rossiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari ehtimoli haqidagi savolga javob berarkan.
“SNN” xabariga ko‘ra, Xeyns, shuningdek, keng ko‘lamli norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgan Eronda hokimiyat almashishi ehtimolini ham rad etdi.
“Rasmiylar sodir bo‘layotgan voqealarni o‘zlariga nisbatan tahdid sifatida qabul qilmayapti, ammo ular namoyishlarni shafqatsiz bostirishmoqda. Boshqa tomondan norozilik Eron iqtisodiyoti uchun jiddiy muammo keltirib chiqarishi, beqarorlik va notinchlik xavfini oshirishi mumkinligini taxmin qilish mumkin”, dedi u.
Milliy razvedka xizmati rahbari so‘zlariga ko‘ra, “ayni shunday vaziyatni Xitoyda ham hukmron”.
Xitoyning qator shaharlarida 27 oktyabr kuni mamlakatda pandemiya tufayli kuchaytirilayotgan choralarga qarshi namoyishlar o‘tkazilgan.
Muallif: abrorgulomov




