Pentagon rahbari Pit Xegset aytishicha, AQSH Mudofaa vazirligi mamlakatning avvalgi Prezidenti Jo Bayden davrida amerikalik harbiylar Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi jarayoniga oid qo‘shimcha chuqur tergov olib bormoqda.
- Afg‘onistondagi voqealar haqida gap ketganda, harbiylar sodir bo‘lgan voqea uchun javob berishi kerakligini tushunishimiz kerak, - dedi mulozim Oq uyda jurnalistlarga. - Shuning uchun Prezident ko‘rsatmasi bilan chuqurroq tergov o‘tkaza boshladik. Bu ishga Pentagon vakili, Afg‘on faxriysi Shon Parnel boshchilik qilmoqda.
Tergov davomida harbiy departament barcha zarur hujjatlarni qo‘lga kiritib, qo‘shinni olib chiqish vaqtida qabul qilingan qarorlar sababi bo‘yicha izoh olish, shuningdek harbiylarimizni himoya qilishga qaratilgan ayrim choralar e’tiborsiz qoldirilishi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritmoqchi. O‘ylaymanki, 2026 yil o‘rtalariga kelib, balki yanayam oldinroq, aslida nima bo‘lganini bilish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lamiz.
2021 yil avgust oyi boshida Tolibon hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi va 15 avgust kuni Kobulga kirib keldi. Ertasi kuni urush tugaganini e’lon qilindi. Afg‘onistonning o‘sha paytdagi Prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan chiqib ketdi. 31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar ham Kobul aeroportini tark etib, AQSHning Afg‘onistondagi qariyb 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
S.Rahimov, O‘zA