AQŞ Qeşm oroliga zarba berganini tasdiqladi
AQŞ harbiy aviatsiyasi Eronning Hurmuz böğozida joylaşgan Qeşm orolidagi raketa uçiriş obʼektiga havo zarbasi berdi. Vaşington uşbu harbiy amaliyot özini özi himoya qiliş maqsadida amalga oşirilganini maʼlum qildi.
“Al-Jazira” telekanali xabariga köra, Amerika qiruvçi samolyotlari orolda joylaşgan Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga tegişli raketa uçiriş obʼektiga yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida zarba bergan. Vaşington uşbu amaliyotni Eron kuçlarining mintaqadagi AQŞ harbiy xizmatçilari va harbiy obʼektlariga qarşi harakatlariga javob sifatida izohlagan.
AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgani hamda amerikalik harbiy xizmatçilar xavfsizligini taʼminlaş uçun zarur çoralarni körişga tayyor ekanini taʼkidlagan.
Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi maʼlumotiga köra, Hurmuzgon viloyati gubernatori örinbosari Ahmad Nafisiy orolga berilgan zarbalar oqibatida turar joylar, savdo obʼektlari va muhim infratuzilmaga zarar yetmaganini bildirgan. Uning taʼkidlaşiça, Qeşm orolidagi vaziyat nazorat ostida, tegişli xizmatlar yuqori şaylik holatiga keltirilgan.
Şu bilan birga, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Bahrayndagi Şayx Iso aviabazasida joylaşgan AQŞ radiolokatsiya tizimiga uçuvçisiz uçiş apparatlari orqali hujum uyuştirganini maʼlum qilgan. AQŞ Markaziy qömondonligi esa dronlar urib tuşirilgani, Amerika harbiy xizmatçilari va texnikasiga zarar yetmaganini bildirgan.
18-noyabr kuni Kuvayt va Bahrayn ham Eron tomonidan amalga oşirilgan dron hujumlariga qarşi havo mudofaa tizimlarini işga tuşirganini maʼlum qildi. Bu voqealar Fors körfazi mintaqasida harbiy keskinlik saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Qeşm oroli Hurmuz böğozining strategik muhim qismida joylaşgan. Mazkur böğoz jahon neft va gaz taşuvlarida muhim örin tutadi. Şu bois, uşbu hududdagi harbiy töqnaşuvlar nafaqat mintaqaviy xavfsizlik, balki xalqaro dengiz qatnovi va global energetika bozori barqarorligiga ham tahdid solmoqda.
A.Mamatov, ÖzA