Amerika Qo‘shma Shtatlarida Prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tayotganiga qaramay, 79 yoshni qarshi olgan Oq uy rahbari tug‘ilgan kunini harbiy parad bilan nishonladi.

Shuningdek, Tramp ayni shu pallada mamlakat armiyasi tashkil topganining 250 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy parad o‘tkazdi.

Bu 1991 yil AQSH qo‘shini birinchi Fors ko‘rfazi urushidan qaytgandan keyingi g‘alaba paradidan so‘ng eng yirik shunday marosim bo‘ldi. Tadbirda yetakchi birinchi xonim Melaniya Tramp bilan birga ko‘rinish bergan. Ularning yonida Vazirlar Mahkamasining  bir necha a’zosi, jumladan mudofaa vaziri Pit Xegset ham bor edi.

Vashington yodgorligi yonida yig‘ilgan Prezident tarafdorlari, harbiylar va ularning oila a’zolari “tug‘ilgan kuningiz bilan, janob Prezident”, - deya kuylagan.

Paradda 150 harbiy texnika vositasi va 6600 askar ishtirok etgan, bir nechta tarixiy urush davridagi qurollar namoyish qilingan.

Marrsim xarajati 45 million dollarni tashkil qilgan. Ushbu mablag‘ning bir qismi Tramp, qolgani xayriya manbalari hisobidan qoplangan.

Amerika rahbari armiyaning jangovar ruhi va jasorati haqida maqtovga to‘la nutq so‘zlagan. 

                                               S.Poyonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Prezidenti tug‘ilgan kunini harbiy parad bilan nishonladi