Bu safar diqqat markazida prezident Donald Trampning vakolatlari va ijro hokimiyatining ishi turibdi.
Sud muhokamasiga qo‘yilgan masalalar nafaqat Tramp siyosatiga, balki AQSH demokratiyasining kelajakdagi yo‘nalishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatida bir qator bahsli qarorlar – byudjetni qisqartirish, federal idoralar ustidan nazoratni kuchaytirish va Milliy gvardiya kuchlarini shtatlar roziligisiz safarbar etish tashabbuslari bilan siyosiy maydonni keskinlashtirgan edi. Endi bu harakatlarning konstitutsiyaviyligi Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Sud shuningdek, prezidentning mustaqil federal agentliklar rahbarlarini ishdan olish huquqi, import tariflarini bir tomonlama o‘rnatish va immigratsiya siyosatini o‘zgartirish vakolatlari bo‘yicha ham qaror chiqaradi.
Mutaxassislar bu harakatni “prezidentlik kuchlari va konstitutsiyaviy muvozanat uchun burilish nuqtasi” deb atamoqda. Chunki Oliy sud qarorlari nafaqat Tramp ma’muriyatining siyosiy imkoniyatlarini, balki kelajakdagi barcha AQSH prezidentlarining hokimiyat doirasini ham belgilab beradi. Sud qarorlari 2026 yil yozida e’lon qilinadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA