Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlanmasa, AQSH Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirishi mumkin, dedi moliya vaziri Skott Bessent.

- Biz Hindistonga Rossiya neftini sotib olgani uchun ikkilamchi boj qo‘ydik, - degan u “Blumberg” telekanaliga bergan intervyusida. - Agar vaziyat yomonlashsa, sanksiya yoki ikkilamchi boj oshirilishi mumkin.

Shu bilan birga vazir sanksiyaning ko‘lami va muddati ikki davlat rahbarlari uchrashuvi natijasiga qarab o‘zgarishi ehtimolini ham istisno etmadi:

- Sanksiya keskinlashishi yoki yumshashi mumkin. Masalan, muddat chegaralanishi yoki cheksiz davom etishi mumkin.

Shuningdek, u Yevropa davlatlarini Moskva zimmasiga ikkinchi darajali majburiyat yuklash fikriga qo‘shilishga chaqirdi:

- Bu haqiqat lahzasi - yo harakat qiling yoki jim turing. Prezident o‘z ta’sir kuchini yaratmoqda. Yevropaliklar bizga qo‘shilishi, yordam berishi kerak.

Kreml va Oq uy avvalroq Putin va Tramp 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishini bildirgan. Seshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt sammit Ankorijda bo‘lib o‘tishini qo‘shimcha qilgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH moliya vaziri: Rossiyaga qarshi sanksiya kuchaytirilishi mumkin