AQSH ma’muriyati nimadan xavotirda?
AQSH rasmiylari Oq uy G‘azo sektoridagi voqealar munosabati bilan Isroilni qo‘llab-quvvatlashi Jo Baydenning mamlakatdagi va xorijdagi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotir olyapti. Bu haqda “The Washington Post” gazetasining yuqori martabali manbalari gapirmoqda. Ularning aytishicha, Binyamin Netanyaxu hukumatini yoqlash AQSH siyosati uchun qimmatga tushishi mumkin, chunki mamlakat ittifoqchilari va hamkorlari Oq uyning falastinliklarni himoya qilishdan bosh tortganidan norozi.
– Diplomatik xarajat arzimas bo‘lishi mumkin, ammo ko‘plab mamlakatlarda jamoatchilik qarshi bo‘lsa, tashvish tug‘diradigan masalada qo‘llab-quvvatlash qiyinlashadi, – deydi suhbatdoshlardan biri. – Bu Bashingtonning “mintaqa va boshqa hududlarda” yakkalanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, Netanyaxu hukumati Qo‘shma Shtatlar isroilparast pozitsiyadan aziyat chekayotganini tushunishi kerak va shu bois falastinliklar ahvoli masalasi kun tartibiga qaytarilishi kerak. Oxirgi paytda Oq uy, Davlat departamenti va boshqa bir qator hukumat idoralaridagi ayrim amaldorlar AQSH Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashiga ochiqdan-ochiq e’tiroz bildira boshladilar. Bu tendensiya Amerika rahbariyati uchun jiddiy oqibatga olib kelishi mumkin.